Воскресенье, 2017-02-26, 0:20 AM
www.Zamonaviy.CoM
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [0]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [3097]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [297]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [72]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [0]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [1688]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [2903]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [24]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [4692]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [650]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [1983]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [117]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [162]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [101]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [909]
Заработок в интернете / Pul ishlash [0]
Pazandachilik / Кулинария [107]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [712]
Восстановление данных - Программы [0]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [1]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [7]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [0]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [101]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [15]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [48]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [0]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [0]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [0]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [0]
Android .apk o'yin va dasturlasr / Игры на андроид, скачать игры для android бесплатно [228]
Mobil java o'yinlar / Скачать Java игры на телефон [88]
Интересные факты: Знаете ли вы, что? [105]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ ) [11]
Moziydan sado ( TARIX ) / Мозийдан садо ( ТАРИХ )
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 486
Статистика


waplog

Онлайн всего: 73
Гостей: 73
Пользователей: 0
Главная » 2015 » Октябрь » 29 » Zilzila nima va uni oldindan bilish mumkinmi?

3:35 PM
Zilzila nima va uni oldindan bilish mumkinmi?
"Daryo” zilzilalar bilan bog‘liq ommabop savollarga imkon qadar qisqacha javob berishga harakat qiladi.
1. Zilzila nima?

Yer po‘stida yoki mantiyaning yuqori qismida to‘satdan siljish, sinish yoki o‘pirilish ro‘y berishi oqibatida vujudga keladigan va to‘lqinsimon tebranishlar tarzida uzoqlarga tarqaladigan yerosti silkinishlari va tebranishlari zilzila deyiladi. Bir yil davomida bir necha yuz ming zilzila yuz berishi mumkin, ularning aksariyati faqatgina seysmograflar sezadigan kuchsiz zilzilalar bo‘lib, odamlar sezadiganlari bir necha mingga yetadi, vayronkor yer silkinishlari esa bir yilda bir necha o‘ndan bir necha yuztagacha bo‘lishi mumkin. Zilzilalar yer sharining tektonik jihatdan eng faol bo‘lgan (masalan, bir qismi O‘zbekistonga kirgan Tyan-Shan, Afg‘onistondagi Hindikush, Tojikistondagi Pomir kabi) tog‘ tizmalari joylashgan hududlarda ko‘proq bo‘ladi.
2. Zilzila vaqtida nima qilish kerak?

Zilzila vaqtida birlamchi qoida, bu — vahimaga tushmaslikdir. Agar bino ichida bo‘lsangiz, stol yoki stul tagiga kirib oling. Shu yo‘l bilan tepadan qulashi mumkin bo‘lgan narsalardan (masalan, devor parchasidan) himoyalanasiz. Eshik tagida (eshik joylashgan oraliqda) turib oling — ular binoning boshqa qismlariga qaraganda mustahkamroq bo‘ladi. Agar tashqarida bo‘lsangiz, bino, daraxt, suv yoki elektr simlariga yaqin bormang — elektr uzatkichlari suvga qulashi natijasida unga yaqin turganlar uchun o‘ta xavfli vaziyatni yuzaga keltirishi mumkin. Mashinada bo‘lsangiz, mashina ichidan chiqmang, lekin u bino, devor yoki boshqa qulashi mumkin bo‘lgan obyekt yaqinida turgan bo‘lsa, tashqariga chiqib, avtomobilingiz yonida cho‘kkalab turing. Zilzila to‘xtaganidan keyin ham xavfsiz joydan chiqmasdan, biroz kutib turing.
3. Zilzilani oldindan bilish mumkinmi?

Zilzila haqida aniq ma’lumot beradigan tizim hali yaratilmagan, shuning uchun ham qachon va qayerda hamda qanday kuchdagi zilzila ro‘y berishini oldindan aytishning hozircha iloji yo‘q. Faqatgina zilzila vaqtida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar aniqlangan xolos. Bundan tashqari zilziladan darak beruvchi omillar ko‘p. Masalan — forshok (zilzila oldidan sodir bo‘ladigan to‘lqinlar). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti laboratoriya mudiri, akademik Qahhorbek Abdullabekovning so‘zlariga ko‘ra, 1984-yil yanvar oyida Namangan viloyatining Pop tumani atrofida kuniga bir—ikkita mayda zilzilalar qayd etilgan, oradan bir oy o‘tib esa bunday forshoklarning soni sutkasiga 100—150 taga yetgan. Shunda mahalliy ma’muriyatga zilzila sodir bo‘lishi haqida xabar berilgan va haqiqatan ham Popda 8 balli zilzila ro‘y bergan. Lekin forshoklar doim ham kuzatilmaydi. Masalan, 1966-yilgi Toshkent zilzilasi arafasida forshok bo‘lmagan, faqat aftershoklar kuzatilgan. 1978-yili Andijondan 120 kilometr janubda Oloy zilzilasi ro‘y bergan. O‘shanda yerosti suv tarkiblari va magnit maydonlari o‘zgargani qayd etilgan va oxirgi marta zilziladan 6 soat avval mahalliy ma’muriyatga zilzila xavfi borligi haqida xabar berilgan. "O‘shanda Andijonda rahbarlar soat 24:00 gacha kutib o‘tirgan, biroq oxiri zilzila bo‘lishiga ishonmay hamma uy-uyiga tarqagan. Biroq soat 01:50 da 6 balli zilzila sodir bo‘lgan”, — deydi akademik.
4. 26-oktabr kuni O‘zbekistonda sezilgan zilzila kuchlimi, kuchsiz?

Zilzila vaqtida yuzaga keluvchi seysmik to‘lqinlar energiyasi magnitudalarda o‘lchanadi. Magnitudalar 1 dan 9,5 gacha bo‘lingan bo‘lib, o‘chog‘i qariyb 200 kilometr chuqurlikda bo‘lgan Hindikushdagi 26-oktabr zilzilasi magnitudasi 7,5 ga teng. Ya’ni, bu silkinish yiliga ko‘pi bilan 20 tagacha sodir bo‘ladigan "katta zilzila”lar qatoriga kiradi. Qo‘shni Afg‘onistondagi yer qimirlashi Termizga 5,5, Toshkentga 5 magnituda bilan yetib keldi. Taqqoslash uchun, 1966-yili Toshkentning markaziy qismini amalda to‘liq vayron qilgan zilzila magnitudasi 5,3 ga teng edi, biroq uning o‘chog‘i bevosita shahar ostida va atigi 8—10 kilometr chuqurlikda bo‘lgani sabab, yetkazilgan zarari ko‘lami juda katta bo‘lgan. So‘nggi yillarning eng dahshatli yer silkinishi — 2011-yil 15 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan Buyuk Sharqiy yapon zilzilasi vaqtida magnituda 9,1 ga yetgan.
5. Zilzilalarni kim/qaysi tashkilot kuzatib, o‘rganib boradi?

AQSh Geologiya xizmati yoki Yevropa—O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi kabi muassasalar deyarli butun jahon bo‘ylab yuz berayotgan yer qimirlashlari haqida onlayn axborot uzatadi. Yaqin qo‘shni mamlakatlar, xususan, Qozog‘istondagi Milliy axborot markazi Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasidagi silkinishlar haqida o‘z saytida muntazam ma’lumot beradi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Seysmologiya instituti mazkur yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan olimlar faoliyatini muvofiqlashtirib tursa, "Toshkent” markaziy seysmik stansiyasi O‘zbekiston bo‘ylab yuz bergan silkinishlar haqidagi axborotlarni to‘playdi (telefonlar: (+998-71)-235-02-30, (+998-71)-235-91-51), mazkur axborotlar O‘zbekiston raqamli seysmik tarmog‘ida e’lon qilib boriladi.

Manba: Zamonaviy.CoM -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot http://daryo.uz/ dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:

Супер Новости:
Категория: YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT | Просмотров: 680 | | Теги: Yangilik, newsuz, uznews, xabarlar, habarlar, Новости, Yangiliklar, ahborot, news | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *:

Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Корзина
Ваша корзина пуста
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:

FOYDALI MASLAHATLA
BEPUL REKLAMA
Hazil;)
>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Октябрь 2015  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • www.SheJoT.CoM
  • www.BePuL.NeT
  • UzbKino.NeT
  • Zustars.BiZ
  • Turk-Film.com

  • Copyright Zamonaviy.com © 20014-2017