Sevmasang, sevdim deb, jonim, netarding, Sevdim derding-u, sevsang qayga ketarding? (x2) Bir yigit boshimga {x3} o`zing yetarding, Meni kimlarga ayt, yolg`iz tashlab ketding?
Sog`indim kelmaysanmi, Shamol bo`lib esmaysanmi? Qayda bo`lsang ham, yolg`izim, Hech meni eslaysanmi? (x2) Eslaysanmi?
Tirnoqlarim uchidan Sochimgacha sen, Tomirlarim ichidan Ohimgacha sen.
Shod kulib, qon yig`lagan Chog`imgacha sen, yana sen. Meni kimlarga ayt, Yolg`iz tashlab ketding?
Sog`indim kelmaysanmi, Shamol bo`lib esmaysanmi? Qayda bo`lsang ham, yolg`izim, Hech meni eslaysanmi? (x2) Eslaysanmi?
Sensiz ado bo`ldim, Kulishga yo`q holim. Ishqqa gado bo`ldim, Gadosi ham o`zim jonim. (x2)
Sog`indim-ku men yorim, {x2} So`gindim-ku men jonim.
Sog`indim kelmaysanmi, Shamol bo`lib esmaysanmi? Qayda bo`lsang ham, yolg`izim, Hech meni eslaysanmi? (x2) Eslaysanmi?
|