Bolam, seni opichlab, zorg`a katta qilyabman, Ona bo`lib, onalikning qadrini endi bilyabman. Yig`laganingda yig`lab, kulganingda kulyabman, Bolam, shu el seniki, dardi bilan yon bolam, Yonolmasang, o`sha kun insonlikdan ton bolam.
Ming azobni bosganda qadamlarim kuydi-yey, Bog`zimda qolib ketgan alamlarim kuydi-yey. Kuyganimda yaqingina odamlarim kuydi-yey, Bolam, shu el seniki, dardi bilan yon bolam, Yonolmasang, o`sha kun insonlikdan ton bolam.
Mehri shu’urim qo`shib, alla aytdim senga deb, Qiza rayhonli tonggi palla aytdim senga deb. Beshiging ko`zmunchog`in silab aytdim senga deb, Bolam, shu el seniki, dardi bilan yon bolam, Yonolmasang, o`sha kun insonlikdan ton bolam.
Halollikning oq rangidan olaylik rang ikkimiz, Muhabbat qo`shig`ida turfa ohang ikkimiz. To bearmon o`taylik bizlar, otang ikkimiz, Bolam, shu el seniki, dardi bilan yon bolam, Yonolmasang, o`sha kun insonlikdan ton bolam.
Bolam, seni opichlab, zorg`a katta qilyabman, Ona bo`lib, onalikning qadrini endi bilyabman. Yig`laganingda yig`lab, kulganingda kulyabman, Bolam, shu el seniki, dardi bilan yon bolam, Yonolmasang, o`sha kun insonlikdan ton bolam. {x3}
|