(Mo`jiza izlaysiz mayli, ayol deb, Shundoq ham bu hayot o`xshar ertakka. Qo`lingizdan kelsa, qo`rg`on bo`ling siz, Ayol zor bo`lmasin bir mard erkakka.)
Mo`jiza yaratmang mayli, ayol deb, Shundoq ham bu hayot o`xshar ertakka. (x2) Qo`lingizdan kelsa, qo`rg`on bo`ling siz, Ayol zor bo`lmasin bir mard erkakka. (x2)
Ayolning g`ururi tog`dan suv ichar, Toshlar tekkan sayin tikroq bo`ladi. "Sen oysan” degan kun osmondan tushar, Poyingiz o`pgani tuproq bo`ladi. (x2)
Ayol, ayol, ayol, Mo`jiza ayol. (x2)
"Sensiz yasholmayman” desangiz netar? Mayliga, erkalab, ko`nglin olgani. (x2) Shu bir og`izgina so`zingiz yetar, Uning yuragida mangu qolgani.
Mo`jiza izlaysiz, beayb Egam, Sarg`ayib boradi sabrli yuzi. Ba’zida sezmaysiz, ayting, eh nega? Axir mo`jizaku ayolning o`zi.
Ayol, ayol, ayol, Mo`jiza ayol. (x4)
Mo`jiza yaratmang mayli, ayol deb…
|