Muhabbat ne desang – ko`ngil ardog`im, Ishqning ko`chasida qizil yanog`im. She’r yozay desam goh, titrar barmog`im, Seni yaxshi ko`rar edim, muhabbat. Pinhona bu uchrashuvlar yodimda, Baxtdan rosa quvonganim yodimda. Ammo mangu qolmadingku yonimda, Olislarda qolib ketdi muhabbat… Kimda xato, kimda ayb bilmayman, bilmayman, Yodga tushsa yoding, dildan qo`ymayman, qo`ymayman. Savollarimga hech javob topmayman, topmayman, Seni yaxshi ko`rar edim, muhabbat. (x2) Yurak qurg`ur ul damlarni qo`msaydi, Qani bir zumga shu onlar qaytsaydi, Menga keraksan, deb yana aytsaydi, Olislarda qolib ketdi muhabbat. Ilk muhabbat doim yodda qolarkan, Goh eslasang, yuragingni tilarkan. Har insonning boshida shu bo`larkan, Shirin xotira bo`ldingku, muhabbat. Kimda xato, kimda ayb bilmayman, bilmayman, Yodga tushsa yoding, dildan qo`ymayman, qo`ymayman. Savollarimga hech javob topmayman, topmayman, Seni yaxshi ko`rar edim, muhabbat. (x2)
|