Ko`zlaringni ma’yus ko`rish ne yomon, Kun chiqishni birga kutaylik omon. Lek kun botishga vaqt bo`lmadi hamon, Jufti halolim, yonimda bo`l.
Qorong`u yo`llarda oyday nur sochay, Ko`ngling g`ash bo`lganda charog`ing bo`lay. Xastalikda, sog`likda birga bo`lay, Yo`ldoshim, faqat yonimda bo`l.
Seni deyman faqat, seni deyman, Seni demasam-o, kimni deyman? Sevgilim, yolg`izim. (x2)
Uzuk bo`lsang, men yoqut ko`zi bo`lay, Yomg`ir bo`lsang, men oqar daryo bo`lay, Olov bo`lsang, tafti otashing bo`lay, Bog`bonim, faqat yonimda bo`l.
Men sevgi dardida, sen davo bo`lgin, Men g`azalman, sen unga navo bo`lgin. Majnun bo`lmasang ham, vafodor bo`lgin, Kun chiqishda birga bo`ldik, jonginam, Kun botishda birga bo`lsang bas.
Seni deyman faqat, seni deyman, Seni demasam-o, kimni deyman? Sevgilim, yolg`izim.
Seni deyman faqat, seni deyman, Seni demasam-o, kimni deyman? Oh, sevgilim, yolg`izim.
Seni deyman faqat, seni deyman, Seni demasam-o, kimni deyman? Sevgilim, yolg`izim. (x2)
|